UFC matbuot anjumanida 100 ga yaqin odam mushtlashib ketdi

Jang Hamzat Chimayev, Neyt Diaz hamda Kevin Holland o'rtasida kelib chiqqani aytilmoqda

Foto: INEW NEWS<br>

Foto: INEW NEWS

UFC 279 matbuot anjumani bekor qilindi. Bunaqasi tarixda birinchi bor roʻy berdi. Bu haqda promoushn prezidenti Dena Uayt chiqib maʼlum qildi.

Maʼlumotga koʻra, sahna ortida jangchilar oʻrtasida mushtlashuv roʻy bergan. Janjalni Xamzat Chimayev boshlagan. U qandaydir eski tushunmovchiliklar uchun boshqa jang ishtirokchisi Kevin Xolandga tashlanib qolgan va oyogʻi bilan zarba bergan. Vaziyatga Xamzatning boʻlajak raqibi Neyt Diaz aralashib, ikki jamoa oʻrtasida janjal yuzaga kelgan.

Xamzat voqeadan keyin video chiqardi. “Aytgandim biz bilan oʻynashmalaring deb, Kevin ham, Neyt ham oʻziga tegishlisini qabul qilib olishdi”, - deb aytdi Chimayev.

Maʼlum boʻlishicha, janjal juda kattalashib ketib, unda 100 ga yaqin odam ishtirok etgan.

Chimayev bilan urishib ketgan Kevin Xolland ham post yozdi:

“Hammaga maʼlum qilaman, men bu masxarabozni shunchaki tekinga soqolini olib qoʻymoqchi edim. AQSHda boshqa tekin joy topolmaydi”.

Shuningdek Kevin Xamzatning qorniga tepgani haqidagi savolga javob berdi:

“Qiziq, men hech narsa sezmadim. UFC, sizlardan iltimos, oʻz statistikangizga buni muvaffaqiyatsiz urinish sifatida kiritib qoʻying”.

Izoh bermagan faqat Neyt Diaz qoldi. Maʼlum boʻlishicha u eng katta, yaʼni 50 ga yaqin kishidan iborat jamoa bilan ishtirok etgan.

UFC hozircha jarayon tafsiloti va videolarini oshkor qilmayapti. Sababi, bu Nevada atletik komissiyasi tomonidan boshqacha talqin qilinib turnir bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling