Toshkent viloyati Puuskent tumanidagi jazoni o'tash kaloniyalaridan birida ikki mahkum o'rtasida o'zaro janjal kelib chiqdi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Piskent tumanidagi 50-sonli jazoni o'tash manzil koloniya yotoqxonasida ilgari to‘rt marotaba sudlangan shaxs o‘zaro tortishuv vaqtida boshqa bir mahkumga tan jarohati yetkazgan.
"Kechasi qo'lida temir bor edi, menga otib qoldi. Shu payt iyagiga urdim, urgan vaqtimda o'ng oyog'i sirpanib ketib, yerga tushdi", — deydi ayblanuvchi.
Aniqlanishicha, yetkazilgan tan jarohati oqibatida mahkumlardan biri vafot etgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayblanuvchi shaxs Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) 3-qismi "d" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Shuningdek, aybvlanuvchiga o'talmay qolgan jazosining qisman qo'shish yo'li bilan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling