Samarqanddagi manzil-koloniyasida mahkumlardan biri ikkinchisini o'ldirib qo'ydi

Mahbuslar oʻrtasida oʻzaro janjal sodir boʻlgan

Foto: Zamin.uz<br>

Foto: Zamin.uz

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi manzil-koloniyasida mahkumlardan biri ikkinchisini oʻldirib qoʻydi. Bu haqda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 6-dekabr kuni soat 18:20 larda mazkur koloniyaga qarashli dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun moʻljallangan yer maydonida bogʻdorchilik ishlariga jalb qilingan mahkum oʻzaro janjallashish oqibatida boshqa mahkumga tan jarohatlari yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat Prokuratura organlari nazoratiga olingan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar