O'zbekistonda tibbiyot xodimlari faoliyatiga to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

2019-2022-yillar davomida Oʻzbekistonda 290 ga yaqin holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan

Foto: Yandex.ru

Foto: Yandex.ru

Qonunchilik palatasida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tibbiyot xodimi faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash bo'yicha qoʻshimchalar kiritishga oid qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Yangi kiritilayotgan 197-7-moddaga koʻra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish fuqarolarga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Ushbu huquqbuzarliklarni jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 3 kunlik muddatda koʻrib chiqish taklif qilinmoqda.

2019-2022-yillar davomida Oʻzbekistonda 290 ga yaqin holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan. 

"Shaxsan men ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlayman va bu tibbiyot xodimlarga nisbatan tajovuzlarni bartaraf etishda katta profilaktik ahamiyatga ega boʻladi, deb hisoblayman", — deydi Rasul Kusherbayev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling