Foto: Samarqand IIB
Ijtimoiy tarmoqda itni temir boʻlagi bilan urib oʻldirib hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxs videosi tarqaldi. Samarqand viloyati IIB hodisa boʻyicha tafsilotlarni eʼlon qildi.
Ma'lum qilinishicha, tezkor surishtiruv ishlari natijasida Kattaqoʻrgʻonda ushbu holatni sodir etgan erkak Xitoy xalq Respublikasi fuqarosi Hao Sihua ekanligi aniqlangan. Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodekisining 111-moddasi 1-qismi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ushbu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (900 ming soʻm) jarima jazosi tayinlangan.
Shuningdek, qoʻshma korxonaning qolgan ishchilari va rahbarlari bilan qayta shu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmasligi yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib profilaktik ishlar olib borilgani aytilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling