Buxoroda "Cobalt" yo'l chetida turgan YPX mashinasiga borib urildi — video

Sodir boʻlgan YTHlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq

Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Buxoro viloyati Buxoro tumanida “Cobalt” mashinasi yoʻl chetida turgan YPX mashinasiga borib urildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 16-dekabr kuni soat 16:10 larda tumanning Turkon MFY hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 253-kilometrida sodir boʻlgan.

Unga koʻra, shu hududda avvalroq yuz bergan “Nexia-3” hamda “Spark” rusumli avtomobillar ishtirokidagi YTHni rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimi harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Lacetti” rusumli xizmat avtomobilini mayoqchalari yoqilgan holda, yoʻnalishlarni ajratuvchi beton toʻsiq yoniga, “Nexia-3” avtomobilining orqa tomoniga joylashtirgan

Xodimlar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda 21 yoshli haydovchi eʼtiborsizligi sabab boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobilida mayoqchalari yoqilgan holda toʻxtab turgan “Lacetti” rusumli avtomobilning orqa tomoniga toʻqnashgan.

Xabarga koʻra, sodir boʻlgan YTHlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

Holat yuzasidan Buxoro tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling