Foto: Tez News
Toshkent markazida mashina urib ketishi oqibatida piyoda halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, 19-noyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasida, “Nexia-3” mashinasida harakatlanib ketayotgan 19 yoshli haydovchi piyodani urib yuborgan.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida 34 yoshli ayol olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling