Qarshida sodir bo'lgan YTH oqibatida yetti yoshli bola halok bo'ldi

Bolakay hodisa oqibatida olgan ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, lekin u oradan koʻp vaqt oʻtmay vafot etgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida yetti yoshli bola halok boʻldi. Bu haqda “NasafNews” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 2022-yilning 24-avgust kuni “Kasbi - Qarshi” yoʻnalishidagi Qarshi tumani Tallikuron qishlogʻidan oʻtgan markaziy yoʻlda sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, shu kuni “Jentra” rusumli avtomobil yetti yoshli bolani urib yuborgan.

Shundan soʻng, bolakay hodisa oqibatida olgan ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, lekin u oradan koʻp vaqt oʻtmay vafot etgan.

Xabarga koʻra, mazkur voqea oradan 4 oyga yaqin vaqt oʻtib, bolaning yaqinlari tomonidan jamoatchilikka maʼlum qilingan.

“Bolani avtomobil urib yuborgan yoʻlda 30 tezlikni taqiqlovchi belgi ham oʻrnatilgan. Ammo avtomobillar bu yoʻldan “uchib” oʻtmoqda”, — deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, marhum bolaning yaqinlari avtomashina haydovchisiga chora koʻrilmaganidan shikoyat qilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling