Foto: liganet
Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya o‘z yo‘lini tanlaganini va “orqaga qaytish yo‘q” ekanini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada e’lon qilingan qisman safarbarlik Ukrainada referendumlar bo‘lib o‘tishini, DXR, LXR va “boshqa hududlar” Rossiya tarkibiga kirishini anglatadi.
“Rossiya nafaqat safarbarlik imkoniyatlari, balki Rossiyaning har qanday qurollari, jumladan, strategik yadroviy qurollar va yangi tamoyillarga asoslangan qurollardan ham bunday himoya uchun foydalanish mumkinligini e’lon qildi”, — deb yozdi Medvedev.
21-sentabr kuni AQSh armiyasining Yevropadagi sobiq qo‘mondoni Ben Xodjes agar Rossiya Ukrainadagi mojaro vaqtida yadro qurolidan foydalansa, AQSh Rossiya Qora dengiz flotiga zarba berishi mumkinligini aytgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling