"Uyda yolg'iz" filmini olish jarayonida "Garri" boshidan jiddiy jarohat olgan

Shlyapani yoqish sahnasida u boshining tepasini qattiq kuydirib olgan 

Foto: Kinodan lavha<br>

Foto: Kinodan lavha

Amerikaning mashhur “Uyda yolgʻiz” filmida Garri rolini ijro etgan aktyor Jo Peshi shlyapa yonib ketish sahnasida jiddiy jarohat olgan. Bu haqda u “People” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Ushbu turdagi jismoniy komediya bilan bogʻliq filmda kutilgan zarbalar, koʻkarishlar va umumiy ogʻriqlardan tashqari, Garrining shlyapasi yonayotgan sahnada boshimning tepasida qattiq kuyib, ogʻir jarohat olganman. Suratga olish jarayonlarining ogʻir sahnalarini professional kaskadyorlar ijro etgani mening omadim”, — deydi aktyor.

Foto: People. Aktyorning hozirgi ko'rinishi<br>

Foto: People. Aktyorning hozirgi ko'rinishi

Shuningdek, uning maʼlum qilishicha, aktyor suratga olish jarayonlari tabiiy chiqishi uchun Makoley Kalkin (filmda Kevin Makkallister) bilan oʻzaro munosabatlarni ataylab cheklab qoʻygan.

”Men Makoleyni juda shirin bola boʻlgani va hatto oʻsha yoshda ham professional ishlaganini yaxshi eslayman. Ammo men uning kinodagi xarakteri, Kevin va mening qahramonim Garri oʻrtasidagi dinamikani saqlab qolish uchun u bilan oʻzaro munosabatlarimni ataylab cheklab qoʻyganman.“, — deydi u.

Pescining soʻzlariga koʻra, u yosh yulduz bilan syujetlarni suratga olish chogʻida ekranda qandaydir tarzda doʻstona munosabatda boʻlganliklarini koʻrishni istamagan. Shuningdek, aktyorning taʼkidlashicha, u film yanada tabiiy chiqishi uchun qarama-qarshi munosabatlarni saqlamoqchi boʻlgan.

Mazkur filmni yangi qismi uchun oʻz rolingizni qayta tiklashni istaysizmi degan savolga u asl nusxalarni qayta tiklab boʻlmasligini aytgan.

”Menimcha, nafaqat muvaffaqiyatni, balki asl nusxalarning umumiy begʻuborligini ham takrorlash qiyin boʻladi", — deydi Peshi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling