Foto: Polisia.kz
Qozogʻistonda Oʻzbekiston bilan davlat chegarasida noqonuniy migratsiya va kontrabanda bilan shugʻullangan bir guruh shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Politsia.kz nashri xabar bermoqda.
Foto: Polisia.kz
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston bilan chegaradosh Turkiston viloyatining Qozigʻurt bojxona postida jinoiy faoliyatni amalga oshirgan bir guruh shaxslarga nisbatan keng koʻlamli maxsus operatsiya oʻtkazilgan.
Maʼlum qilinishicha, gumonlanuvchilar bojxona postidagi korrupsiya aloqalaridan foydalanib, “vositachilik xizmati” koʻrsatish niqobi ostida soxta hujjatlardan foydalangan holda tovarlarni noqonuniy olib kirishni tizimli ravishda amalga oshirib kelgan.
Foto: Polisia.kz
Xabarga koʻra, har bir yuk mashinasining toʻsiqlarsiz kirishi va chiqishi uchun olib oʻtilayotgan yukka qarab 200 ming tengegacha (qariyb 4,7 milliongacha) toʻlov talab qilingan. Shuningdek, bojxona postidan kuniga 150 tagacha transport vositasi oʻtkazilgan.
Foto: Polisia.kz
Bundan tashqari, jinoyatchilar qoʻshni davlat fuqarolarining davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishlari uchun jinoiy himoyani taʼminlagan. Tezkor xodimlar butun jinoiy sxemani aniqlab, hujjatlashtirgan.
Shu bilan birga, tintuv oʻtkazilib, huquq-tartibot idoralari tomonidan katta miqdordagi pul, oʻqotar qurol va sovuq qurol, “qora kassa” hisob raqamlari va chet elliklarning pasportlari musodara qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Polisia.kz
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling