Samarqand va Jizzaxda yer oldi-sotdisi bilan bog'liq jinoyatlar fosh etildi

Holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Samarqanda hamda Jizzax viloyatlarida yer oldi-sotdisi bilan bog'liq jinoyatlar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Fuqarolarning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Foto: Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura

Tadbirda, fuqaro Samarqand tumani “Mironqul” mahallasi hududidan tuman hokimining qaroriga asosan “A.S.” MCHJga intensiv tokzor barpo etish uchun ajratilgan jami 21,3 gektar yer maydonlaridan 4 gektar qismini 55 ming dollar evaziga sotishga kelishgan. U kelishilgan puldan 30 ming dollarni ariza mualliflaridan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Bundan tashqari Jizzax viloyatida ham murojaatga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Foto: Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura

Tadbirda fuqaro Gʻallaorol tumani “Doʻstlik” mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan qizi rahbarligidagi “L.A.” fermer xoʻjaligiga 26 yil muddatga ijaraga ajratilgan yerni sotishga uringan.

Umumiy 7 gektar, shundan 4 gektari sugʻoriladigan boʻsh yer maydonini 35 ming dollarga sotishga kelishib olgan. U kelishilgan puldan 10 ming dollarini ariza muallifidan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug'oriladigan yer uchastkasini qonunga zid ravishda boshqaga o'tkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling