Ilon Mask Starlink internet tarmog'i dunyoning barcha burchagida ishga tushganini aytdi

Mask twitter sahifasida Starlink hattoki Antartikada ham ishga tushdi deb yozgan

Foto: bbc

Foto: bbc

SpaceX kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i endi Yer sayyorasining barcha qit’alarida mavjud, bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

“Starlink tarmog‘i endi barcha qit’alarda, shu jumladan, Antarktikada ham ishga tushdi”, — deb yozdi u Twitter’da.

Starlink saytidagi xaritaga ko‘ra, hozir internet tarmog‘i Shimoliy Amerika, Yevropa, Avstraliya, Braziliya va yana bir nechta mamlakatlar hududlarida ishlayapti. Qolgan davlatlarda tarmoq faoliyatining boshlanishi kelasi yilga belgilangan yoki hali aniq emas. Bunday belgilar Antarktika hududlarida ham turibdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar