Toshkent shahrida 12 yoshli qiz o'zini osdi

Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Toshkent shahrida 7-sinf oʻquvchisi oʻzini osib qoʻydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Repost.uz” ga xabar bermoqda.

Qayd etilsihicha, 28-noyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi maktablardan birining 7-sinf oʻquvchisi boʻlgan 12 yoshli qiz oʻzini hovlisidagi daraxtga osib, joniga qasd qilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, marhumaning oʻlimi “boʻyin aʼzolarining sirtmoq bilan tiqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya” natijasida yuzaga kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling