Foto: Twitter
Toshkent—Samarqand—Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida Toshkent—Samarqand—Toshkent yoʻnalishida 26-dekabr kunidan va 2023-yilning 8-yanvar kunigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha 14 ta qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 767-sonli Samarqand—Toshkent yoʻnalishi — Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16;
- 768-sonli Toshkent—Samarqand yoʻnalishi — Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Avvalroq, Toshkentdan Urganchga qo'shimcha poyezdlar qatnovi tashkil qilingani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling