Foto: The Sun
Eron poytaxti sudlari hukumatga qarshi namoyishlarda hibsga olingan 400 kishini 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi.
Tehron bosh prokurorining ma’lum qilishicha, 160 nafar namoyish ishtirokchi 5 yildan 10 yilgacha, 80 nafari 2 yildan 5 yilgacha va 160 nafari 2 yil yoki undan kam muddatga qamalgan.
Bundan tashqari ular yana 70 kishi jarimaga ham tortgan.
Sudning mazkur qarori rasmiylar tartibsizliklarda ayblangan ikkinchi odamni osganidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Majidrizo Rahnavard shimoli-sharqdagi Mashhad shahrida omma oldida qatl etildi.
Inqilobiy sud uni ikki haftadan kamroq vaqt oldin harbiylashtirilgan Basij qarshilik kuchlarining ikki a’zosini pichoqlab o‘ldirganini aniqlab, uni Xudoga dushmanlikda ayblab, shunday hukm chiqardi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling