Ish haftasining katta qismida ob-havo quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda

9-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin

O‘zbekiston hududi bo‘yicha 5-7-may kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kunduz kunlari havo 35-38 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha isiydi. Bu may oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me‘yoridan sezilarli darajada yuqoridir. Bunday harorat yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.

8-maydan haroratning biroz pasayishi boshlanadi va 9-may kuni harorat 27-32 darajani tashkil etadi. 8-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba‘zi joylarda, 9-mayda markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

5-7-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 8-9-mayda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 5-8-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 33-36 daraja, 7-mayda 36-38 daraja bo‘ladi.

9-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 27-30 darajagacha pasayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling