Foto: Zarnews
O'zbekistonda 2022/2023-o'quv yilida 1 million 73 ming 821 nafar abituriyent oliy o'quv yurtiga kirish maqsadida test topshirgan. Ularning yarmidan ko'pi hatto o'tish ballini ham to'play olmagan.
Ma'lum qilinishicha, testga kirgan abituriyentlarning 550 ming nafari (51,2 foizi) o'tish balining eng quyi chegarasi bo'lgan 56,7 ballni ham to'play olmagan.
Bu natijalarni o'tgan yilgi natijalar bilan solishtirganda yanada yomonlashgan. O'tgan yili 36 foiz abituriyentlar 56,7 ball ham to'play olmagandi.
Foto: Xushnudbek.uz
"Albatta, bunda majburiy blokdagi oson savollarga beriladigan ballar miqdori kamaytirilib, mutaxassislik faniga katta urg'u berilgani ham sabab bo'ldi", — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Ma'lumotlarga qaraganda, 2022-yilda eng yomon ko'rsatkich, xuddi o'tgan yilda bo'lganidek Toshkent viloyatida (55,9 foiz), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o'tgan yildagidek Toshkent shahrida (45,2 foiz) qayd etilgan.
Ma'lum bo'lishicha, 9 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko'prog'i 56,7 balldan past ball olgan. Faqat 5 tagina hududda bu ko,rsatkich 50 foizdan kamroqni tashkil qilgan. Bular — Toshkent shahri, Buxoro, Farg'ona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridir.
"56,7 ball — bu to'plash mumkin b'‘lgan eng yuqori 189 ballning 30 foizi degani. Ya,ni abituriyent hech bo,lmasa 30 foiz bilimga ega bo,lsa, ushbu ko,rsatkichni to'play oladi. 30 foiz bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to'g'ri bo,lar balki. Ya,ni 2 bahoga o,qiganlar ham taxminan 35-55 foiz natija ko'rsata olishi kerak (66 balldan yuqori)", deydi Xushnudbek Xudayberdiyev.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling