Foto: Facebook
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UzAuto TRAILER” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 561,1 mlrd soʻmga “Инновационный индустриальный парк-Технопарк в сфере высоких технологий" Texnopolis “Химград" AJ (Tatariston, Rossiya)ga sotish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "davaktiv.uz" xabar bermoqda.
Sotuv jarayonida “Mosaic Financial” MCHJ konsalting kompaniyasi Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha konsultanti vazifasini bajardi, Korxonani mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya “PricewaterhouseCoopers” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.
Konsultant va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng koʻlamli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari konsultantning investorlar tarmogʻi orqali turli xorijiy investorlarga (investor sounding) yuborilishi natijasida Yevropa, MDH va Oʻzbekistondagi investorlardan sotib olish boʻyicha qiziqish toʻgʻrisida 6 ta arizalari (Express of Interest) kelib tushdi.
Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi hamda Yevropa Ittifoqi va Amerikaning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmaganligi yuzasidan oʻrganilgan.
Barcha talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi bosqichiga oʻtkazilgan va talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanib, Majburiyatga ega boʻlmagan takliflari (NBO)ni tayyorlash uchun Konsultant tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.
Ushbu bosqichda 2022-yil 17-oktyabrgacha boʻlgan muddatda 5 ta Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar (NBO) taqdim etildi hamda ular Konsultant tomonidan taklif qilinayotgan majburiyatga ega boʻlmagan narx taklifini moliyalashtirish qobiliyatiga ega boʻlganligi aniqlandi va Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO)ni taqdim etish bosqichiga taklif etildi.
Kelib tushgan Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, Bitimni yopish shartlari va Korxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi boʻyicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan “Innovatsionnыy industrialnыy park-Texnopark v sfere vыsokix texnologiy “Texnopolis “Ximgrad” AJ xalqaro tender natijalari boʻyicha gʻolib deb topildi.
“UzAuto TRAILER” korxonasi 2012-yil 4-iyunda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tashkil etilgan. Korxonada tirkama texnikalari va turli xil yuk avtomobillari (shassi) uchun osma texnikalarini ishlab chiqariladi. Korxonaning loyihaviy quvvati 3 ming donagacha: 2 ming dona yarim tirkama va ming dona osma texnika, Iqtisodiyotning turli tarmogʻini taʼminlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan, ustav kapitali 156,3 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling