Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Chorsu” bozorida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan fotolar tarqadi. Ushbu rasmlar ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi.

Rossiyadan O'zbekistonga ko'chib kelgan juftlik ijtimoiy tarmoqlarda o'zlarining to'y rasmlari bilan bo'lishishdi.

Barcha uchun sevimli bo'lgan bozorda fotosessiya uyushtirilgan: juftlik birgalikda palov yeyishdi, aravalarda sayr qilishdi.


Ijtimoiy tarmoqdagi o'zbeklar esa ularning bu harakatini qo'llab-quvvatladi.
"Qaniydi uyimdagilar menga ham shunday to'y qilishga ruxsat berishsa" , deb yozadi Twitter foydalanuvchilaridan biri.
Yana bir foydalanuvchi esa hazil tariqasida "Qarz olib, 1000 kishilik to'y qilsa bo'lmasmikan", deya fikr bildirgan.