Polshalik shaxmatchi, FIDE masteri Kamil Plichta o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning g‘alabasiga o‘zgacha reaksiya bildirdi.
“Keyingi farzandimning ismini Nodirbek qo‘yaman. Hatto qiz bo‘lsa ham farqi yo‘q”, — deb twit yozgan Plichta o‘zining sahifasida.
O'z navbatida Twitterning O'zbek foydalanuvchilari unga munosib javob qaytarishgan:
Eslatib o'tamiz, Nodirbek Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 10-turida Hindiston vakili Gukesh Dommaraju ustidan g'alaba qozondi. Partiyaning katta qismida Hindiston vakili ustunlik qildi, biroq Nodirbek bahs davomida raqibining xatosidan foydalanib, g‘alabani ilib ketdi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi so‘nggi 11-tur doirasida Niderlandiyaga qarshi dona suradi. Mazkur bellashuvdagi g‘alaba O‘zbekistonga chempionlikni olib kelishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling