Foto: Lenta.ua
Kiyev meri Vitaliy Klichko shahar markazida ikkita portlash sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Kiyev viloyatida hamda Ukrainaning bir nechta viloyatidagi ob’yektlarda havo tregovasi e’lon qilindi. Kiyev meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, shaharda ikkita portlash sodir bo‘lgan.
«Poytaxt markazi — Shevchenko tumanida portlash. Barcha xizmatlar hodisa joyiga yo‘l olgan», — deb yozadi Klichko Telegram’dagi kanaliga. Shundan keyin u aynan o‘sha tumanda yana bir portlash sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.
Foto: t.me/vitaliy_klitschko
Kamikadze dronlarining hujumi natijasida poytaxtning Shevchenko tumanidagi turar-joy binosida portlash sodir bo‘lgan.
Hozirda undan 18 kishi qutqarib olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida ikki fuqaro qolmoqda. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Vayron boʻlgan qurilish inshootlarini oʻchirish va vayronalarni buzish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, Dnepropetrovsk, Kirovogradskiy, Nikolayev, Poltava va Xarkov viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilingan. Kiyevda portlashlardan keyin yong‘in yuzaga kelgan. Jarohat olganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling