Foto: Tez News
Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahar Lashkar qishlog‘ida IIB uchastka inspektori bir fuqaroni urib jarohat yetkazganligi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg'ona viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, 27-avgust kuni soat 19-00lar atrofida Quvasoy shahar Yuqori Mo'yan MFY hududida 60 yoshli fuqaro jamoat tartibini buzuvchi harakatlar sodir etgan.
Qayd etilishicha, qoidabuzarlik qilgani sabab fuqaro Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda uni sog'lig'i yomonlashib, ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspertiza dastlabki ma'lumotiga ko'ra, fuqaroning o'limiga “Yurak ishemik kasalligi, yurak toj qon tomirlari o'tkir yetishmovchiligi, o'ng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oshqozon osti beziga qon quyilishi, alkogoldan zaharlanish” tashxisi qo'yilgan.
Ma'lum boʻlishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Ta'kidlanishicha, tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling