Foto: Teznews
Toshkent shahrining ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi ta'minotini yaxshilashga 218 mln yevro mablag' yo'naltiriladi, deb yozmoqda "Norma" prezident qaroriga tayanib.
2020-yilda poytaxt rahbariyati va Fransiyaning "SUEZ International SAS" kompaniyasi o‘rtasida yuqoridagi loyiha bo‘yicha yetti yillik shartnoma imzolangan.
Uning umumiy qiymati 218 mln yevrodan ortiq bo‘lib, shundan 154,4 mln yevro Fransiya g‘aznachiligi va Yevropa banklari hisobidan, qolgan 64,3 mln yevro O‘zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida quyidagilar kutilmoqda:
- jismoniy shaхs boʻlgan iste’molchilarning barcha toifalari uchun ichimlik suv iste’molining nazorati va hisobini yuritish boʻyicha masofadan ma’lumot uzatuvchi 673 mingta “aqlli” suv hisoblagich oʻrnatish;
- ichimlik suv ta’minoti tizimida suv yoʻqotishlarini 12 %ga kamaytirish;
- ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv ta’minoti bosh rejalarini ishlab chiqish.