JCH-2022. Fransiya Tunisga kichik hisobda magʻlub boʻldi, Avstraliya kutilmaganda Daniyani magʻlub etdi — video

"D" guruhidan Fransiya hamda Avstraliya pley-offga yo'l oldi

Foto: BBC

Foto: BBC

Fransiya terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichi 3-turida Tunisga imkoniyatni boy berdi.

Yagona gol 58-daqiqada “Monpelye” hujumchisi Vahbi Xazri tomonidan kiritildi.

Tunis 4 ochko toʻpladi, lekin uchinchi oʻrin boʻlib qoldi. Guruhdan Fransiya va Avstraliya 1/8 finalga chiqa oldi.

Tunis – Fransiya 1:0 

30-noyabr, 20.00, “Education City Stadium”

Gol: 1:0 – 58 Xazri.

Tunis – Damen, Keshrida, Gandri, Merya, Talbi, Maalul, Sxiri, Laiduni, Ben-Romdan (Shalali, 74), Sliman (Abdi, 83), Xazri (Jebali, 59).

Fransiya – Mandanda, Disasi, Varan (Saliba, 63), Konate, Kamavinga, Veretu (Rabyo, 63), Tchuameni, Fofana (Grizmann, 73), Genduzi (Dembele, 79), Koman (Mbappe, 63), Kolo-Muani.

Ogohlantirish: Keshrida (28).

Jahon chempionatining “D” guruhida soʻnggi tur bahslarida Daniya terma jamoasi, kutilmaganda, mazkur guruhda oxirgi oʻrinni egalladi. Daniyaliklar 3-turda Avstraliyaga imkoniyatni boy berishdi.

Oʻyin taqdirini yagona gol hal qildi. Bahsning 60-daqiqasida Metyu Lekki tomonidan urilgan gol “kengurular”ga gʻalaba va keyingi bosqich yoʻllanmasini taqdim etdi.

Avstraliya ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolarini 6taga yetkazdi. Fransiya esa bugun Daniyaga yutqazib qoʻygach, ularning ham ochkosi 6 ballni tashkil etdi. Toʻplar farqidagi ijobiy koʻrsatkich tufayli yevropaliklar guruh gʻolibiga aylanishdi.

Avstraliya – Daniya 1:0 

30-noyabr, 18.00, “Al Janoub Stadium”

Gol: 1:0 – 60 Lekki.

Avstraliya – Rayan, Degenek, Suttar, Roulz, Bexich, Muy, Irvayn, Makgri (Rayt, 74), Lekki (Xrustich, 89), Dyuk (Maklaren, 82), Gudvin (Bakkus, 46).

Daniya – Shmeyxel, Kristensen (Ba, 46), Kristensen, Andersen, Mele (Kornelius, 70), Eriksen, Xeybyerg, Yensen (Damsgor, 59), Lindstrem, Breytueyt (Dolberg, 59), Olsen (Skov, 69).

Ogohlantirishlar: Bexich (4), Degenek (57), Skov (75).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar