Talabalar va o'quvchilar uchun qishki ta'til qachondan boshlanishi ma'lum qilindi

OTMlarning talabalar turar joylari 2023-yil 5-yanvardan faoliyatini boshlaydi

Foto: Ochiq manbalar

Foto: Ochiq manbalar

O‘zbekistonda kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 26-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Talabalar va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati — 2022-yil 26-dekabridan 2023-yil 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

Shuningdek, zaruriyat tufayli vaqtliroq keladigan talabalar uchun OTMlarning turar joylari 2023-yil 5-yanvardan faoliyatini boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 2-fevral kuni Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qishki ta’tilini 20-dekabrdan 10-yanvargacha qilib belgilashni taklif qilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar