Jonni Depp advokati bilan ishqiy munosabatda bo'lgani oshkor bo'ldi

Advokat Deppni 2020-yilda sud ishida himoya qilgan

Foto: Факты

Foto: Факты

Jonni Depp o'z advokati Joel Rich bilan uchrashgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda "Usmagazine" nashri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, advokat Jonni Deppni 2020-yilda bo'lgan sud ishida himoya qilgan. Advokat sudda yutib chiqa olmagan, biroq bu Joel Richning gollivud yulduzi bilan iliq munosabat o'rnatishiga to'sqinlik qilmagan.

Joel aprel va may oylarida aktyor sobiq rafiqasi Amber Xyordni AQShda sudga berganida sud majlislarida qatnashgan. Rich o'sha paytda Deppning vakili emas edi. Uni boshqa advokat - Kamilla Vaskes himoya qilgan. Biroq Joel ham zalda o'tirgan, garchi u kerak bo'lmasa ham.

Rich bilan munosabatlar Deppning Xyorddan ajrashganidan keyingi birinchi ishqiy munosabati hisoblanadi. Joelga kelsak, u rasman turmush qurgan, ammo eri bilan yashamaydi.

Hozirda Richning ikki nafar farzandi bor va u  ajrashish uchun ariza bergan. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling