Navoiy viloyatining Karmana tumani, “Yangihayot” MFYda yashagan 15 yoshli I.J. 28 fevral kuni soat 10:30 larda xonadonning xo‘jalik binosida arqon bilan o‘zini o‘zi osib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz'ga xabar berdi.
Oqibatda u voqea joyining o‘zida vafot etgan.
I.J.ning o‘lim sababi dastlabki tekshiruv natijasiga ko‘ra mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat bo‘icha Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv haraktalari olib borilmoqda.