Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqda bosh vrach shifokor va hamshiralarni jazolash uchun sovuqda mashq qildirgani haqida xabarlar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi holatga izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahridagi 10-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari har ish kunini badantarbiya mashqlari bilan boshlashga odatlangan. Ushbu mashgʻulotlar ham poliklinika binosi ichida, ham tashqi hovlisida bajariladi.
“Suratga berilgan "shifokor va hamshiralar sovuqda ushlab turildi" degan mazmundagi izoh mutlaqo asossiz”, - deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling