Andijondagi ko'p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi — video

 Yongʻin oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan

Videodan lavha

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri 3-kichik dahada yongʻin boʻlayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat hokimligi bu boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, 20-noyabr kuni soat 21:09 da Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Andijon viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Unga koʻra, 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 21:18 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 21:40 da qurshab olinib, oʻchirilgan. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan.

FVV hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishini maʼlum qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar