Foto: Repost.uz
Buxoro viloyatining Peshku tumanida bir fuqaroni “qamatib yuborish” bilan qoʻrqitib undan pul undirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazilgan. Mazkur tadbirlar davomida, “Navgahon” mahallasida yashovchi, 72 yoshli erkak 7-dekabr kuni Romitan tumani Qoqishtuvon mahallasida yashovchi 25 yoshli fuqaroning harakatlaridan norozi boʻlib, tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilgan.
Shundan soʻng uni “qamatib” yuborishini aytib qoʻrqitib, arizasini qaytarib olish evaziga 30 mln soʻm berishini talab qilgab va oʻzaro kelishuvga asosan 17 mln 750 ming soʻm naqd pullarni tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan 72 yoshli fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling