Eron birinchi gipertovushli ballistik raketani yaratdi

Raketa barcha havo mudofaasi raketa tizimlarini yorib oʻta oladi

Foto: CentralAsia

Foto: CentralAsia

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining Aerokosmik kuchlari murakkab havo tizimlariga kira oladigan birinchi gipertovushli ballistik raketani yaratdi. Bu haqda Aerokosmik kuchlar qoʻmondoni Amir Ali Hojizoda maʼlum qildi.

“Raketa yuqori tezlikka ega va barcha havo mudofaasi raketa tizimlarini yorib oʻta oladi. Bu natija raketa ishlab chiqishda oldinga katta siljishdir. Menimcha, unga qarshi tura oladigan texnologiya oʻnlab yillar ichida topilmaydi”, — deydi general.

Gipertovushli raketalar tovush tezligidan kamida besh baravar yuqori tezlikda va murakkab traektoriyalar boʻylab harakatlana oladi, bu esa ularni ushlab qolishni qiyinlashtiradi.

Oʻtgan hafta Tehron 80 kg ogʻirlikdagi sunʼiy yoʻldoshlarni Yer yuzasidan 500 km orbitaga olib chiqa oladigan oʻzining birinchi uch bosqichli kosmik raketasi Ghaem-100 ni sinovdan oʻtkazganini maʼlum qildi. Shundan soʻng, Qoʻshma Shtatlar bunday harakatlarni “beqarorlashtiruvchi” deb atadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling