Alisher Usmonov yil boshidan buyon qariyb 3,5 mlrd dollar yo'qotdi

Usmonovning boyligi Milliarderlar indeksi boʻyicha 18,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Foto: TACC<br>

Foto: TACC

2022-yil boshidan beri tadbirkor Alisher Usmonov qariyb 3,38 mlrd dollar yoʻqotdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda Usmonovning boyligi Milliarderlar indeksi boʻyicha 18,1 mlrd dollarga baholanmoqda (may oyida u 19,6 mlrd dollar edi).

Rossiyalik ishbilarmonlar orasida Aleksey Mordashov (“Severstal”) boyligini yoʻqotganlar orasida eng yuqori oʻrinni qayd etgan boʻlib, u 7,7 mlrd dollar yoʻqotgan.

Ushbu roʻyxatning uchinchi oʻrnida Leonid Mixelson (“Novatek”) qayd etilgan boʻlib, u 5 mlrd dollar boyligidan ajralgan. Rossiyadagi milliarderlaridan biri hisoblangan Vladimir Potanin esa (“Norilsk Nikel”, “Interros”) 1,08 mlrd dollar yoʻqotgan.

Xabarga koʻra, Rossiyadagi eng badavlat kishilarning boyligi 83,4 mlrd dollarga kamaygan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling