Moskvada 54 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir bo'ldi – video

Voqea oqibatida besh kishi jabrlangan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Moskvaning Ryabinovaya koʻchasida 30-oktabr kuni yirik YTH sodir boʻldi. Unda 54 ta mashina toʻqnashib ketgan. Bu haqda RBC xabar bermoqda.

Moskva diplomatik transporti maʼlumotlariga koʻra, mashinalardan biri avariya signali yoqilgan holda toʻxtab turgan mashina tomonga qarab ketgan. Unga boshqa mashina kelib urilgan. Soʻng yana bir qancha harakatlanib kelayotgan mashinalar ham toʻqnashib ketgan.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, avtohalokatda mototsikl va avtobus ham ishtirok etgan. Voqea oqibatida besh kishi jabrlangan. Jabrlanganlarning bir nafari yosh bola ekanligi aytilmoqda.

Odamlar isinishlari uchun voqea joyiga avtobuslar joʻnatilgan. Moskva vaqti bilan soat 4:30 (Toshkent vaqti bilan 06:30) ga qadar transport harakati butunlay toʻsib qoʻyilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar