Foto: Farg'ona viloyati IIB matbuot xizmati
Farg'ona viloyatida fuqaro o'z xonadonida yashirin qimorxona tashkil etganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Farg'ona viloyati Farg'ona tumanida 15-oktyabr kuni tuman IIB JQB va DXX xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan reyd tadbirlari o'tkazgan. O'tkazilgan tadbir davomida Konchilar mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro o'zining yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil etgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida 28,2 mln so‘m, 800 AQSh dollari va 148 dona o‘yin kartalari olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va boshqa xavfli o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling