Foto: footballnews
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni muxlislar odatda nooʻrin tanqid qilinishini aytib, u haqda iliq fikrlar bildirdi.
“Ronalduning oʻz darajasini saqlash, har doim sport formasida boʻlish uchun qay daraja ishlashini koʻpchilik bilmaydi. Uni tanqid qilayotganlar Krishtianuning dam olish kuni maydonga tushgani, keyin esa “Ferrari”da uyiga yoʻl olayotganini koʻrishadi, xolos.
Yaxshiroq qarang, faqat tashqi koʻrinishiga emas, uning oʻyini, har kuni qancha mehnat qilayotgani, uyida, klub qarorgohidagi mashqlari, dietasi — bu koʻpchilik uchun mashaqqat, uning uchun esa odatiy rejim va bularning barchasi 37 yoshda! U hozirgi darajasiga ismi Krishtianu Ronaldu ekani uchun emas, hammadan koʻproq ishlagani uchun chiqqan”, — deydi Toni Kroos.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling