Qozog'istonda poyezd 123 bosh qo'yni urib ketdi — video

Jonivorlarning egasi ma'muriy javobgarlikka tortilgan

Foto: Qozog'iston transport politsiyasi boshqarmasi matbuot xizmati<br>

Foto: Qozog'iston transport politsiyasi boshqarmasi matbuot xizmati

Qozog'istonning Olmaota viloyatida yuk poyezdi 123 bosh qo'yni urib yubordi.

Huquq-tartibot xodimlarining ma'lum qilishicha, voqea 12-sentyabr kuni tungi soat 01:00 atrofida sodir bo'lgan.

Qayd etilishicha, yuk poyezdi mashinisti temir yo'l kesishmasida qo'ylar podasini payqab qolib, shoshilinch tormozni bosgan va to'qnashuvdan qochishga uringan. Biroq, buni iloji bo'lmagan, jami 530 bosh qo'ydan 123 tasi nobud bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, poyezdning to'xtashi uchun 13 daqiqa vaqt ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Oltinko'l stansiyasidagi Liney militsiya bo'limi xodimlari jonivorlarning egasi 36 yoshli erkak ekanini aniqlagan.

"Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 559 moddasi 1-qismi ‘Temir yo‘l yo‘lagida chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzish’ bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi", — deya ma'lum qilgan transport politsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Onal Bekiyev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling