Toshkentda erkak “Central Park”dan uchib chiqqan oqqushni tutib, uyiga olib borib oila davrasida yedi. Bu haqda “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, qush to'sin ustidan uchib o'tib, odamlar yuradigan yo'lakka tushgan. U yerda bir fuqaro uni ushlab, uyiga olib ketgan. Qushni olib ketgan erkak topilgach, 13 yoshli o'g'li oqqushning boshini kesib tashlagani va keyinroq ular qushni yeganini ma'lum qilgan.
“Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish vakillari, bog' xodimlari va Mirzo Ulug'bek tumani profilaktika inspektori 6-avgust kuni fuqaro va uning 13 yoshli o'g'li bilan uchrashgan.
Erkakning so'zlariga ko'ra, ular oqqushni oq g'oz deb o'ylashgan, uni ovqatlantirmoqchi bo'lishgan, lekin u ovqatdan bosh tortgan. Erkak 1,8 million so'm miqdorida jarimaga tortilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling