O'zbekistonda olti oyda pensiya berish bilan bog'liq yirik moliyaviy xatoliklar aniqlandi

Pensiya jamg‘armasi tizimidagi xatoliklar jami 5 mlrd 718,3 mln so‘mni tashkil qiladi 

O'zbekistonda o'tgan yarim yilda Pensiya jamg'armasi tizimida 3 292 holatda 5 mlrd 718,3 mln so'mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to'lovlari aniqlangan. Bu haqda jamg'armaning Ichki audit va moliyaviy nazorat bo'limi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu xatoliklarga quyidagi yo'nalishlarda yo'l qo'yilgan:

  •  “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ma'lumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3 mlrd 510,3 mln so'm;
  • Davlat pensiya va nafaqalarining noto'g'ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2 mlrd 179,7 mln so'm;
  • Hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va byudjet intizomining buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln so'm.

Aniqlangan qonun buzilish holatlarining barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling