Zelenskiy Ukrainadagi urush 2023-yil yakunlanishi mumkinligini taxmin qilmoqda

Ukraina armiyasini "birinchi raqamli" deb atagan va yo'lda barcha yevropalik hamkorlarga minnatdorchilik bildirgan

Foto: RBK<br>

Foto: RBK

Ukrainadagi nizo 2023-yilga kelib yakunlanishi mumkin, deya taxmin qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Bu haqda “Politico” nashri xabar bermoqda.

" Men ukrainaliklar kelasi yilda ham eng nufuzli boʻlishiga ishonaman, lekin u vaqtda allaqachon tinch zamon kelgan boʻladi”, — deya taʼkidladi Ukraina rahbari bu yil Yevropaning eng nufuzli shaxslari reytingiga kiritilganini izohlar ekan.

Zelenskiy Ukraina armiyasini “birinchi raqamli” deb atadi va Ukrainada barqarorlikni saqlashga yordam bergan barcha yevropalik hamkorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Nashrning qayd etishicha, Ukraina va Rossiya oʻrtasida munosabatlar avval ham keskin boʻlgan, biroq Yevropa koʻp narsa qilmagan, “bu safar hammasi boshqacha boʻlishiga” sabab esa Zelenskiydir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling