Foto: zerkalo.aj
Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjonni Sotka, Goris va Jermuk aholi punktlari yo‘nalishida o‘t ochishda aybladi. Bu haqda RBC xabar berdi.
Departament matbuot kotibi Aram Torosyaga koʻra, Ozarbayjon qoʻshinlari uchuvchisiz samalyotlardan foydalangan. Toshkent vaqti bilan soat 03:00 holatiga ko‘ra, harbiy harakatlar davom etmoqda.
Tog‘li Qorabog‘ axborot shtabining ma’lum qilishicha, to‘qnashuv chizig‘idagi vaziyat “nisbatan tinch”.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni ikki davlat chegarasida keng ko‘lamli qo‘poruvchilik qilishda ayblagan. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Yerevan keng ko‘lamli harbiy provokatsiyaga hozirlik ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, 13-sentabrga o‘tar kechasi arman qo‘shinlari Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalari orasidagi hududlar va ta’minot yo‘llarini minalashgan. Ozarbayjonning bir qator pozitsiyalari o‘qqa tutilib, qurbonlar va harbiy infratuzilmaga zarar yetkazilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling