Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bir guruh fuqarolar ishtirokida mushtlashuv sodir boʻlgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea , 2022-yil 24-sentyabr kuni sodir boʻlgan. Unga koʻra, Urgut tumani “Baxrin” MFYda joylashgan tungi klub oldida bir guruh shaxslar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylangan.
Holat yuzasidan tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan IIB xodimlari hodisa joyiga yetib borib, janjalning oldi olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling