Foto: Tez News
29-sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o'zaro kelishmovchilik oqibatida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o'ldirilgan. Bu haqda prokratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, marhumning jasadi Chirchiq daryosidan topilgan.
Xabarga ko'ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlanishicha, boshqa tafsilotlar tergovga aralashish va to'sqinlik qilishning oldini olish uchun oshkor qilinmaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling