MDH davlati rahbarlari yangi yil oldidan norasmiy uchrashuv o'tkazishlari mumkin

Peskovning qayd etishicha, kelishuvlar yakunlangach tegishli eʼlon beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati<br>

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2022-yil oxirigacha MDH sammitini oʻtkazilishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Yangi yil arafasida uchrashuv oʻtkazish fikri bor, MDH sammitini nazarda tutmoqdaman. Barcha kelishuvlar yakunlangach, biz tegishli eʼlonni beramiz”, — deydi Peskov.

Maʼlumot uchun, 7-oktabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining soʻnggi norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Soʻngra davlat rahbarlari koʻp tomonlama hamkorlik va mintaqaviy hamkorlikning barcha jihatlarini muhokama qilgan. Uchrashuv davomida, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida yaqin hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling