Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni chetlab o'tishni jinoiy huquqbuzarliklar ro'yxatiga kiritdi

Yevrokomissiya Rossiya aktivlarini musodara qilishni qonuniylashtirmoqchi

<br>


Yevropa Ittifoqi Kengashi Yevropa sanksiyalarini chetlab oʻtishni jinoiy huquqbuzarliklar roʻyxatiga kiritishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

2022-yilning may oyida Yevrokomissiya sanksiyalarni chetlab oʻtishni jinoiy huquqbuzarliklar roʻyxatiga kiritishni taklif qilgan edi.

“Bugun YEI Kengashi sanksiyalarni buzish holatlarini Yevropa Ittifoqi faoliyati toʻgʻrisidagi shartnomaga kiritilgan “Yevropa Ittifoqi jinoiy jinoyatlari” roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorni bir ovozdan maʼqulladi”, — deyiladi xabarda.

Yevrokomissar Dide Reyndersning aytishicha, bunday qarorning qabul qilinishi Rossiya biznes aktivlarini musodara qilishni qonuniylashtirishga zamin yaratadi.

Maʻlumot uchun, hozirda bu roʻyxatga terrorizm, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya, giyohvand moddalar, qurol-yarogʻ sotish va sotib olish, pul yuvish, korrupsiya, internet jinoyati va uyushgan jinoyatchilik kiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling