Yelizaveta II ga tegishli "Jaguar" kimoshdi savdosiga qo'yildi

Auksion 26-noyabr kuni boʻlib oʻtadi

Foto: RIA Novosti<br>

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga tegishli boʻlgan Jaguar X-Type Estate Britaniyaning Historics Auctioners auksion uyi tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, auksion 26-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

“Qirollik tarixining bu ajoyib namunasi ”Zumrad olovi“ rangida charm qoplamali taqdim etilgan va u qirolicha Yelizaveta II ga tegishli boʻlgan”, — deyiladi auksion uyi veb-saytida.

Qayd etilishicha, mashinada lyuk bor, u avtomatik uzatmalar qutisi, iqlim nazorati tizimi va elektr oynalar bilan jihozlangan.

Xabarga koʻra, mashina “bolgʻa qanday narxga urilsa ham — bu atigi bir funt sterlingni tashkil qilsa ham” sotish mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling