Toshkentda 4,3 mlrd so'm qarzdorlik sabab Mercedes-Benz mashinasi bank foydasiga xatlandi

Hozirda, mashina onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.

Foto: Daryo<br>

Foto: Daryo

Toshkentda Mercedes-Benz avtomobili 4,3 mlrd soʻmlik qarzi sabab xatlandi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 21-yanvardagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “L.C.W.” MCHJdan undiruvchi Ipoteka bank ATB foydasiga 4 mlrd 358 mln 418 ming 221 soʻm kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Korxona tomonidan bank oldidagi katta miqdordagi qarz qoplanmagan. Shundan soʻng byuroning Yunusobod tumani boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Harakat davomida jami 4,3 mlrd soʻm miqdordagi kredit qarzi uchun garovdagi Mercedes-Benz 221W mashinasi xatlab olingan. Hozirda, mashina onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling