Foto: Repost.uz
Dekabr oyi boshidan Oʻzbeksiton hududlarida havo keskin sovib ketishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1-5-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi.
Shuningdek, 3-5-dekabrda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari -4...-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0...+3 daraja iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida kechalari -10...-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari -4...-7 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling