Foto: womansera
Hindistonda “pomidor grippi” deb nomlangan yangi virus tarqalmoqda. Bu haqda The Lancet Respiratory Medicini xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, "pomidor grippi" birinchi marta Keralada 6-may kuni aniqlangan va hozirda 5 yoshgacha bo'lgan 82 nafar bolada aniqlangan.
Kasal odamlarning tanasida paydo bo'ladigan og'riqli qizil pufakchalar tufayli unga “pomidor grippi” nomi berilgan. Virus juda yuqumli bo'lib, yaqin aloqa yoki buyumlar va teri shilliq qavati orqali yuqadi. Bemorlarda yuqori isitma, toshma va kuchli bo'g'im og'rig'ini keltirib chiqaradi.
Hozirda, mahalliy sog'liqni saqlash departamenti virus infeksiyasi tarqalishini kuzatish va uning Hindistonning boshqa qismlariga yoyilib ketmasligi uchun ehtiyot choralarini ko'rmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling