Foto: Videodan lavha
Qashqadaryoda bir guruh yigitlar tomonidan kaltaklangan 14 yoshli oʻsmir nogiron boʻlib qolishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” informatsion dasturida aytiladi.
Maʼlum qilinishicha, voqea 17-dekabr kuni sodir boʻlgan. Yigit ketmonning dastasi bilan kaltaklash natijasida boshi, yuzi va koʻzidan ogʻir tan jarohati olgan.
Jabrlanuvchining onasi oʻsmir nogiron boʻlib qolishi va koʻrish qobiliyatini yoʻqotishi mumkinligini aytmoqda. Uning qoʻshimcha qilishicha, oʻgʻlini kaltaklagan shaxslardan biri oʻqituvchi boʻlgan.
Xabarda aytilishicha, oʻsmirning oyoqlari ishlamay qolgan, jagʻi singan, u hozirda gapira olmayapti.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling